Фуқаролар мурожати
Murojaat qilish tartibi
Fuqarolarning murojaatlari og‘zaki yoki yozma shaklda kiritiladi. Fuqarolarning og‘zaki va yozma shakldagi murojaatlari bir xil ahamiyatga ega
· Fuqarolarning murojaatlari yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib ifodalangan bo‘lishi mumkin
· Fuqarolarning murojaatlari ariza, taklif yoxud shikoyat ko‘rinishida kiritiladi.
· Arizalar —fuqarolarning huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish to‘g‘risida iltimos bayon etilgan murojaatlardir.
· Takliflar — fuqarolarning davlat organlari, jamoat birlashmalari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar bayon etilgan murojaatlaridir.
· Shikoyatlar — fuqarolarning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini tiklash talab qilingan murojaatlardir.
· O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega.
· Fuqarolarning murojaat ztish huquqidan foydalanishlari boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur etkazmasligi kerak
· Xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi davlat organlariga ushbu Qonunga muvofiq murojaat etish huquqiga ega.
· Fuqarolar tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat etish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilangan tarzda tartibga solinadi.
· Fuqarolarning murojaatlari, agar qonunlarda ularni ko‘rib chiqishning boshqacha tartibi belgilangan bo‘lsa, ushbu Qonunga muvofiq ko‘rib chiqilmaydi.
· Fuqarolarning murojaat etish huquqi ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi. Hech kim biron bir murojaatni himoya etishga yoki unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas.
· Fuqaro uning murojaatini qabul qilish va ko‘rib chiqish asossiz ravishda rad etilganligi ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki bevosita sudga shikoyat berishga haqli.