 {"id":657,"date":"2014-12-25T15:19:48","date_gmt":"2014-12-25T10:19:48","guid":{"rendered":"http:\/\/urganchsharob.uz\/?page_id=657"},"modified":"2017-10-05T17:06:00","modified_gmt":"2017-10-05T12:06:00","slug":"2015yil-keksalarni-ezozlash-yili","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/urganchsharob.uz\/en\/ijtimoiy-dasturlar\/2015yil-keksalarni-ezozlash-yili\/","title":{"rendered":"2015yil \u2014 Keksalarni e\u2019zozlash yili"},"content":{"rendered":"<p><center><strong>Prezident Islom Karimovning O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligiga bag\u2018ishlangan tantanali marosimdagi ma\u2018ruzasi<br \/>\n<\/strong><\/center><br \/>\nQadrli do\u2018stlar!<\/p>\n<p>Muhtaram yurtdoshlar!<\/p>\n<p>Shu kunlarda Vatanimiz uchun mustaqil, erkin hayot kechirish, uni taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga ko\u2018tarish yo\u2018lining asosiy printsip va qoidalarini muhrlab bergan O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilganimizning 22 yilligini bayramona nishonlamoqdamiz.<\/p>\n<p>Tariximizda chuqur iz qoldirgan ana shu buyuk sana bilan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan samimiy tabriklash, barcha-barchangizga chuqur hurmat-ehtiromimni izhor etish men uchun katta baxtdir.<\/p>\n<p>Konstitutsiyamizda belgilab berilgan asosiy maqsadlarimiz barchamizga yaxshi ma\u2018lum. Ya\u2018ni, Bosh qomusimiz bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqil demokratik davlat qurish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va mamlakatimiz barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik tamoyili ta\u2018minlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirishning mustahkam poydevorini yaratib berdi.<\/p>\n<p>Sobiq Ittifoq, SSSR degan imperiya parokanda bo\u2018lib, tarqalib ketganidan so\u2018ng, o\u2018ta tahlikali bir zamonda biz \u201cshok terapiyasi\u201d kabi modellarning nomaqbul shakllaridan butunlay voz kechganimiz \u2013 shuni ta\u2018kidlashimiz zarur \u2013 o\u2018ta muhim va hal qiluvchi qadam bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonimizga mos tarixiy, milliy, an\u2018anaviy va iqtisodiy vaziyat va xususiyatlarni inobatga olmasdan turib, \u201cbozor iqtisodiyotining shiddatli girdobiga o\u2018zingni tashlasang, uning o\u2018zi ko\u2018zlangan manzilga olib chiqadi\u201d degan xomxayollardan butunlay voz kechdik. Va bugungi kunda butun dunyoda tan olingan, \u201co\u2018zbek modeli\u201d deb nom olgan jamiyatimizni tubdan isloh etish, erkinlashtirish, demokratik yangi davlat qurish, uni modernizatsiya qilish bo\u2018yicha puxta o\u2018ylangan taraqqiyot yo\u2018limizni tanlab oldik.<\/p>\n<p>Taqdirimiz hal bo\u2018layotgan o\u2018sha og\u2018ir paytda qancha soxta dohiylar maydonga chiqqani, qanday keskin tortishuvlar bo\u2018lgani, tazyiq va zo\u2018ravonlik ishlatilgani, yosh davlatimiz kemasini ag\u2018darishga turli urinishlar sodir etilgani sizlarga yaxshi ma\u2018lum, deb o\u2018ylayman.<\/p>\n<p>Lekin bunday urinishlar, harakat va xurujlarning puchga chiqqanini, biz tanlagan taraqqiyot strategiyasining naqadar to\u2018g\u2018ri bo\u2018lganini hayotning o\u2018zi yana va yana bir bor tasdiqlab bermoqda.<\/p>\n<p>Shu fursatdan foydalanib, siz, azizlar, sizlarning timsolingizda butun xalqimiz aynan o\u2018zimizga xos, o\u2018zimizga mos bo\u2018lgan, \u201co\u2018zbek modeli\u201d deb e\u2018tirof etilgan rivojlanish yo\u2018limizni keng qo\u2018llab-quvvatlagani uchun yana bir bor o\u2018zimning chuqur minnatdorligimni bildirish, sizlarning oldingizda, el-yurtimiz oldida ta\u2018zim qilishni o\u2018zim uchun ham qarz, ham farz, deb bilaman.<\/p>\n<p>Biz tanlagan va mashhur besh tamoyilga asoslangan taraqqiyot modelining naqadar haqqoniy va samarali ekani biz qurayotgan yangi demokratik tizimda, iqtisodiyotimiz rivojlanishining barqaror, barchani hayratda qoldirayotgan sur\u2018atlarida, xalqimizning hayot darajasi va sifati ortib borayotganida o\u2018zining amaliy tasdig\u2018ini topmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018tgan davrda biz duch kelgan og\u2018ir sinov va muammolarga qaramasdan, mustaqillik yillarida O\u2018zbekiston iqtisodiyoti qariyb 5 barobar, aholi daromadlari jon boshiga o\u2018rtacha 8,7 barobar o\u2018sganini, mamlakatimiz aholisi bu davrda 1,5 marta ko\u2018payib, 2015 yilning 1 yanvarida 31 million 500 ming kishini tashkil etishini inobatga oladigan bo\u2018lsak, bunday ulkan natijalarga erishganimizni, ochig\u2018ini aytganda, ba\u2018zan tasavvur qilishning o\u2018zi ham qiyin.<\/p>\n<p>Bugungi kunda mamlakatimizning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 15 foizdan oshmasligi, ichki qarzimiz umuman yo\u2018qligi, eksport hajmi, oltin-valyuta zaxiralarimiz barqaror sur\u2018atlar bilan oshib borayotganida ham erishgan ulkan natijalarimiz isbotini ko\u2018rish, kuzatish qiyin emas.<\/p>\n<p>Jahon miqyosidagi global iqtisodiy inqiroz hali-beri davom etayotganiga qaramasdan, dunyoning sanoqli davlatlari qatorida O\u2018zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillik o\u2018sish sur\u2018atlari so\u2018nggi 10 yil davomida 8 foizdan ziyod bo\u2018lib kelmoqda. Yangi \u2013 2015 yilda ham ana shunday yuksak o\u2018sish sur\u2018atlari ko\u2018zda tutilmoqda.<\/p>\n<p>Qadrli vatandoshlarim!<\/p>\n<p>Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan olamshumul o\u2018zgarishlar, shahar va qishloqlarimizning qiyofasi tobora chiroy ochib, aholimizning farovonligi yuksalib borayotgani haqida gapirganda, bunday yangilanishlarning g\u2018oyat muhim manbalari \u2013 avvalo, odamlarimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi va kayfiyati tubdan o\u2018zgarib, ularning yon-atrofimizda ro\u2018y berayotgan voqea-hodisalarga daxldorlik hissi, ertangi kunga munosabati va ishonchi tobora mustahkamlanib, siyosiy saviyasi va huquqiy madaniyati o\u2018sib borayotgani haqida alohida to\u2018xtalishni o\u2018rinli deb bilaman.<\/p>\n<p>Shular haqida so\u2018z yuritar ekanmiz, biz bundan 17 yil oldin qabul qilgan, qo\u2018lga kiritayotgan barcha yutuq va marralarimizning omili va zamini bo\u2018lgan, hammamizni, avvalo, bolalarimizning ongu tafakkurini, hayotga bo\u2018lgan munosabatini tubdan o\u2018zgartirgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va istiqbolli maktab dasturi haqida alohida to\u2018xtalib o\u2018tishimiz zarur, deb o\u2018ylayman.<\/p>\n<p>Eski tizimning qolip va aqidalaridan xoli bo\u2018lgan, mustaqil fikrlaydigan va hayotga qaraydigan, Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun mas\u2018uliyatni o\u2018z zimmasiga olishga qodir kuch sifatida maydonga chiqayotgan bugungi yosh avlodimiz ayni shu dasturlarning, biz amalga oshirayotgan tarbiyaviy ishlarimizning mahsuli, desam, hech qanday xato bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>Aziz yurtdoshlar, esingizda bo\u2018lsa kerak, bu dasturni qabul qilayotgan paytda biz vaqti-soati kelib u albatta ijobiy ma\u2018nodagi \u201cportlash effekti\u201dga sabab bo\u2018ladi, deb ishonch bildirgan edik. Ming shukrki, haqiqatan ham, hayotimizni butunlay o\u2018zgartirgan mana shunday dasturimizning, unda mujassam bo\u2018lgan ezgu maqsadlarimizning ro\u2018yobga chiqqanini ko\u2018rish bizga nasib etdi va bu barchamizga katta g\u2018urur va xursandchilik bag\u2018ishlab, ko\u2018nglimizni tog\u2018dek ko\u2018taradi, ertangi kunga bo\u2018lgan ishonchimizni yanada mustahkamlaydi.<\/p>\n<p>Muhtaram do\u2018stlar!<\/p>\n<p>Jahon tarixi barchamizga bir haqiqatni doimo eslatib turadi \u2013 hayotimiz taraqqiyoti hech qachon bir joyda to\u2018xtab turmaydi, xuddi shu kabi jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilash bir muddatlik ish emas, balki muntazam davom etadigan uzluksiz jarayondir.<\/p>\n<p>Ayniqsa, bugun biz XXI asrda \u2013 intellektual mehnat birlamchi ahamiyat kasb etayotgan globallashuv va internet asrida yashayotganimizni hisobga oladigan bo\u2018lsak, jahon bozorida raqobat kurashining miqyosi va keskinligi tobora ortib borayotgani bu haqiqatni yana tasdiqlab bermoqda.<\/p>\n<p>Bundan qanday xulosa chiqarish kerak?<\/p>\n<p>Javob bitta: bunday sharoitda faqat erishgan yutuqlari bilan cheklanib qolmasdan, jadal o\u2018zgarib borayotgan davr bilan hamnafas bo\u2018lib qadam tashlaydigan mamlakatgina o\u2018z ezgu maqsadlariga erishishi mumkin.<\/p>\n<p>Hayotning ana shunday qat\u2018iy talabini qayd etgan holda, biz tanlagan maqsad, ya\u2018ni taraqqiy topgan davlatlar qatoriga kirish, xalqimiz va kelajak avlodimiz uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta\u2018minlash, xalqaro hamjamiyatda yuksak obro\u2018-e\u2018tiborga sazovor bo\u2018lish yo\u2018lida biz amalga oshirgan ishlarimiz ezgu niyatlarimizga erishishning faqatgina bir qismi ekanini anglab olishimiz darkor.<\/p>\n<p>Shuning uchun ham qo\u2018lga kiritilgan yutuqlar bilan chegaralanmasdan, xotirjamlik va havolanish kayfiyatiga berilmasligimiz, aksincha, yangi marralar sari intilishimiz, doimo izlanib yashashimiz, taraqqiyot va yangilanish yo\u2018lidan izchillik bilan yanada ilgarilab borishimiz zarur.<\/p>\n<p>Ana shu fikr va xulosalardan kelib chiqqan holda, 2010 yilning noyabr\u044c oyida O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo\u2018shma yig\u2018ilishida Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasini, boshqacha qilib aytganda, o\u2018zimizning uzoq va davomli muddatga mo\u2018ljallangan strategiyamizni qabul qildik, desak, ayni haqiqatni aytgan bo\u2018lamiz.<\/p>\n<p>O\u2018tgan davr mobaynida Kontseptsiyada belgilab berilgan 27 ta qonun, o\u2018nlab me\u2018yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, hayotimizga tatbiq etilmoqda.<\/p>\n<p>Shular qatorida, avvalo, har qanday demokratiyaning asosiy sharti bo\u2018lmish hokimiyatlar bo\u2018linishining konstitutsiyaviy printsipi asosida tub demokratik o\u2018zgarishlarni chuqurlashtirish bo\u2018yicha o\u2018zining ko\u2018lami va ma\u2018no-mazmuniga ko\u2018ra ulkan ishlar amalga oshirildi. Natijada Konstitutsiyamizga davlat hokimiyatining asosiy sub\u2018ektlari \u2013 mamlakat Prezidenti, parlamenti, hukumati va sud hokimiyati o\u2018rtasida vakolatlar taqsimotini optimallashtirishni ta\u2018minlashga qaratilgan tuzatish va o\u2018zgartirishlar kiritildi.<\/p>\n<p>Ushbu tuzatishlar va ular asosida qabul qilingan qonunlar davlat hokimiyati organlari tizimida Oliy Majlisning roli va ahamiyatini sezilarli darajada kuchaytirdi, davlatimizning ichki va tashqi siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda mamlakatimiz oliy qonunchilik organining imkoniyatlarini kengaytirdi. Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi, ijro hokimiyati organlari faoliyatini tashkil etishning printsip va tartibi o\u2018zgartirildi, hukumatning vakolatlari yanada kengaytirildi, uning parlament oldida, joylardagi davlat boshqaruvi organlarining Xalq deputatlari kengashlari oldidagi mas\u2018uliyati oshirildi.<\/p>\n<p>Konstitutsiyaviy qonunchilikka Bosh vazir lavozimiga nomzodni Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida eng ko\u2018p deputatlik o\u2018rnini olgan siyosiy partiya tomonidan taklif etilishi kabi muhim institutlar kiritildi.<\/p>\n<p>Konstitutsiyada parlamentning hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumini bildirish huquqi, barcha hokimiyat tarmoqlarining huquqlari tengligi va mutanosibligini ta\u2018minlashga qaratilgan boshqa ko\u2018plab qoidalarga aniqlik kiritildi.<\/p>\n<p>Bosh qomusimizda parlament va jamoatchilik nazorati instituti, uni amalga oshirish mexanizmlarining mustahkamlangani ham hokimiyatni demokratik modernizatsiya qilishda ulkan ahamiyat kasb etdi.<\/p>\n<p>Siyosiy partiyalarning yetuklik darajasi, fuqarolarimizning huquqiy ongi, siyosiy va huquqiy madaniyati tobora yuksalib borayotgani, hech shubhasiz, ushbu konstitutsiyaviy islohotlarning eng muhim asosi, ularni amalga oshirishning hal qiluvchi sharti va garoviga aylanmoqda.<\/p>\n<p>Dastlabki tergov va surishtiruv jarayonida fuqarolarning protsessual huquqlariga rioya etilishi ustidan sud nazoratini kuchaytirishga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Sudda jinoiy ishlarni ko\u2018rib chiqishda qonuniylik, adolatni ta\u2018minlashning ushbu samarali mexanizmini izchil rivojlantirgan holda, \u201cXabeas korpus\u201d institutini qo\u2018llash doirasi kengaytirildi.<\/p>\n<p>Ilgari bu institut faqat qamoqda saqlash kabi protsessual majburlov choralariga nisbatan qo\u2018llanganini eslatib o\u2018tmoqchiman. Endilikda shaxsni lavozimdan chetlashtirish va tibbiy muassasaga joylashtirish ham faqat sud\u044cyaning sanktsiyasi asosida amalga oshirilishi mumkin.<\/p>\n<p>Umumiy yurisdiktsiya sudlarining tarkibiy tuzilmasi va faoliyatining tashkiliy asoslarini takomillashtirish, ularning kadrlar salohiyatini mustahkamlash, sud xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga doir chora-tadbirlar ham muhim ahamiyat kasb etdi. Ishlarni ko\u2018rib chiqish sifatini oshirish va muddatlarini qisqartirish maqsadida fuqarolik sudlari soni ko\u2018paytirildi, sud\u044cya lavozimiga nomzodlarga qo\u2018yiladigan talablar kuchaytirildi.<\/p>\n<p>Axborot sohasini isloh qilish, so\u2018z va axborot erkinligini ta\u2018minlash bo\u2018yicha amalga oshirilgan demokratik o\u2018zgarishlar fuqarolarning axborot olish va uni tarqatish borasidagi huquq va erkinliklarini ta\u2018minlash, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini mustahkamlashga, mamlakatni demokratlashtirish jarayonlarida ularning rolini oshirishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p>Keng miqyosda o\u2018tkazilgan huquqiy tajriba yakunlari asosida joriy 2014 yilda qabul qilingan, xalqaro ekspertlar hamjamiyatida katta qiziqish uyg\u2018otgan va yuksak baholangan \u201cDavlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonun, hech shubhasiz, qabul qilinayotgan qarorlar sifati uchun hokimiyat va boshqaruv organlari mas\u2018uliyatini oshirganini ta\u2018kidlashni istardim.<\/p>\n<p>Yurtimizda ommaviy axborot vositalari soni jadal o\u2018sib bormoqda. Bugungi kunda ularning soni 1991 yilga nisbatan 3,5 barobar, jumladan, gazetalar 2,5 marta, jurnallar esa 3,5 karra ko\u2018paydi.<\/p>\n<p>Saylov tizimini shakllantirish va rivojlantirish sohasida ham chuqur demokratik o\u2018zgarishlar amalga oshirildi.<\/p>\n<p>Asosiy qonunimizning 117-moddasiga kiritilgan so\u2018nggi tuzatishlarga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasini demokratik asosda shakllantirish tizimi va shuningdek, uning asosiy faoliyat printsiplari konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlandi, hokimiyatning vakillik organlariga saylovlarni tashkil etish uchun mas\u2018ul bo\u2018lgan saylov organlarining butun tizimi mustaqilligining kafolatlari kuchaytirildi.<\/p>\n<p>Ishonchim komil, saylov qonunchiligiga kiritilgan, saylash erkinligi va o\u2018z xohish-irodasini erkin bildirish borasidagi konstitutsiyaviy tamoyilni amalga oshirishga qaratilgan ana shunday va boshqa qator o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar shu yil 21 dekabr\u044c kuni Oliy Majlisga hamda mahalliy kengashlarga bo\u2018lib o\u2018tadigan deputatlar saylovini Konstitutsiyamiz va saylov qonunchiligi va o\u2018z-o\u2018zidan ravshanki, xalqaro demokratik qonunchilik talablariga to\u2018la mos tarzda o\u2018tkazish imkonini beradi. Bunga hech kimda hech qanday shubha bo\u2018lmasligi kerak.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda qabul qilingan me\u2018yoriy-huquqiy hujjatlar nodavlat notijorat tashkilotlarini ro\u2018yxatga olish, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini tubdan soddalashtirishni ta\u2018minladi, fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirdi.<\/p>\n<p>Fuqarolarga huquqiy yordam ko\u2018rsatish, ularning siyosiy ongi va tafakkurini yuksaltirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ishga joylashtirish, aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qo\u2018llab-quvvatlash va boshqa sohalarda ularning roli yanada oshdi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyatimiz hayotining turli sohalarida 8 ming 100 dan ziyod nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat ko\u2018rsatmoqda. Bu 2010 yilga nisbatan 1,6 marta ko\u2018pdir.<\/p>\n<p>Iqtisodiyotni demokratlashtirish va erkinlashtirish sohasiga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo\u2018llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini yaratishga alohida e\u2018tibor qaratildi. \u201cTadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to\u2018g\u2018risida\u201d, \u201cRaqobat to\u2018g\u2018risida\u201d, yangi tahrirdagi \u201cTadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun zarur ruxsat berish tartib-taomillarining ro\u2018yxati va turlari izchil qisqartirildi.<\/p>\n<p>Keyingi yillarda ruxsat berishga oid tartib-taomillarning 160 dan ortig\u2018i yoki 44 foizi, litsenziyalash talab qilinadigan faoliyatning 19 turi yoki 25 foizi bekor qilinganini aytishning o\u2018zi kifoya, deb o\u2018ylayman. Tadbirkorlik sub\u2018ektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan statistika, soliq va moliyaviy hisobotlarning shakli va davriyligi 1,5-2 marta kamaytirildi.<\/p>\n<p>Tadbirkorlikning milliy an\u2018ana va urf-odatlarimizga to\u2018la mos keladigan yangi shakli \u2013 oilaviy biznesni rivojlantirish uchun keng shart-sharoitlar yaratildi.<\/p>\n<p>Hurmatli majlis qatnashchilari!<\/p>\n<p>Bugungi kunda dunyoda sodir bo\u2018layotgan voqealarni xolisona baholar ekanmiz, keskinlik va xavf-xatarlarning tobora o\u2018sib, geosiyosiy qarama-qarshiliklar, o\u2018z ta\u2018sir doirasini kengaytirishga qaratilgan kurashning kuchayib borayotgani, radikalizm, terrorizm va ekstremizm kabi tahdidlar bizni tashvishga solmasdan qo\u2018ymaydi, albatta.<\/p>\n<p>Global makonda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hamon davom etayotgani, tovar bozorlarida talabning keskin kamayib borayotgani va kon\u2018yunkturaning beqarorligi ko\u2018pgina davlatlarda iqtisodiy o\u2018sish sur\u2018atlarining pasayishiga, investitsiya faolligining susayishi va chetga kapital chiqib ketishining kuchayishiga olib kelmoqda.<\/p>\n<p>Mana shunday keskinlashuv va jahon bozoridagi noaniq vaziyat keyingi yillarda ham davom etishi mumkin. O\u2018z-o\u2018zidan ayonki, kutilayotgan barcha salbiy holatlarning oldini olish, ularni bartaraf qilish uchun barchamizdan hushyorlik, sezgirlik, safarbarlik va rejalarimizga, avvalo, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasiga tegishli o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish talab qilinadi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda yaqin va uzoq atrofimizda, butun jahon miqyosida siyosiy, iqtisodiy vaziyat tobora keskinlashib borayotganini inobatga olgan holda, eng muhim ustuvor vazifalarimiz qatorida iqtisodiyotimizda tarkibiy o\u2018zgarishlarni izchil chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni uzluksiz texnik va texnologik yangilab borish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etishni asosiy maqsadimiz sifatida ko\u2018rishimiz kerak.<\/p>\n<p>Albatta, O\u2018zbekistonda mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki kunlaridan boshlab ishlab chiqarishni tarkibiy yangilash, uni zamonaviy va yuqori texnologiyalar asosida jadal rivojlantirish masalasiga jiddiy e\u2018tibor qaratilganini qayd etish o\u2018rinlidir.<\/p>\n<p>Biz uchun mutlaqo yangi bo\u2018lgan tarmoqlar va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish korxonalari butunlay yangitdan tashkil etildi. Hozirgi kunda bu korxonalarning tayyor mahsulotlari jahon bozorida munosib o\u2018rin egallamoqda.<\/p>\n<p>Bu borada gap avtomobilsozlik sanoati, jumladan, yengil avtomobillar, yuk va maxsus mashinalar, dvigatellar va asosiy butlovchi qismlar ishlab chiqarish haqida, shuningdek, yangi modeldagi xorijiy texnikalarni o\u2018zlashtirish negizida zamonaviy qishloq xo\u2018jaligi mashinasozligi, neft\u044c-kimyo va neft\u044c-gaz sanoatini rivojlantirish, temir yo\u2018l vagonlari, maishiy elektronika, farmatsevtika va mikrobiologiya tarmoqlari haqida bormoqda.<\/p>\n<p>Aynan tub tarkibiy o\u2018zgarishlar, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi va zamonaviy korxonalarni barpo etish, faoliyat ko\u2018rsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini keng miqyosda yangilash va modernizatsiya qilish borasida puxta o\u2018ylangan strategiya tufayli mamlakatimizning yalpi ichki mahsulotida sanoatning ulushi 1991 yildagi 14 foizdan bugungi kunda qariyb 25 foizga o\u2018sdi. Ayni paytda qishloq xo\u2018jaligi ishlab chiqarishining ulushi 34 foizdan 17 foizga kamaydi.<\/p>\n<p>Hech shubhasiz, biz bu ishlarni aslo susaytirmasligimiz, investitsiya siyosati va dasturlarimizni ham ana shu maqsadlarga mos holda amalga oshirishimiz darkor.<\/p>\n<p>Ishlab chiqarayotgan mahsulotlari bugun xalqaro bozorda, ertaga esa ichki bozorda hech qanday qiziqish uyg\u2018otmaydigan eski ishlab chiqarish quvvatlaridan voz kechish, iqtisodiy taraqqiyotimizning lokomotivlari bo\u2018lgan zamonaviy korxonalar va yuqori texnologiyalarga asoslangan komplekslarni barpo etish bilan birga, yetakchi tarmoq va zarur infratuzilmalarni modernizatsiya qilish bo\u2018yicha chuqur va puxta o\u2018ylangan dasturlarni izchil amalga oshirish kerak.<\/p>\n<p>Bizning jahon eksport bozorida mustahkam o\u2018rin olishimiz uchun, mamlakatimizda moliyaviy va iqtisodiy barqarorlikni, aholining turmush darajasi va sifatini ta\u2018minlash uchun ishonchli zamin yaratib beradigan, bugun hayotning o\u2018zi talab qilayotgan eng zarur siyosat ana shundan iborat.<\/p>\n<p>Bir so\u2018z bilan aytganda \u2013 sifati past, narxi baland mahsulotga yo\u2018l qo\u2018ymaslik kerak.<\/p>\n<p>Bizning e\u2018tiborimiz markazida turishi kerak bo\u2018lgan eng muhim masalalardan yana biri \u2013 bu Konstitutsiyamizga muvofiq ko\u2018p tarmoqli iqtisodiyotimizning ustuvor sohalari bo\u2018lmish xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni tez sur\u2018atlar bilan rivojlantirish yo\u2018lidan barcha g\u2018ov va to\u2018siqlarni yo\u2018q qilish, ularning erkinligini ta\u2018minlashdir.<\/p>\n<p>Hozirgi vaqtda ayni mana shunday o\u2018ta dolzarb masalaning kun tartibiga keskin qo\u2018yilishi, hech shubhasiz, shu zalda o\u2018tirgan mulkdorlar, kichik biznes egalari va xususiy tadbirkorlar, umuman, butun xalqimizning ruhini ko\u2018tarishga, ertangi kunga yanada katta ishonch bilan qarashiga asos beradi, desam, sizlar bunga qanday qaraysiz?<br \/>\nO\u2018tgan yillar davomida xususiy mulk va investitsiyalar daxlsizligini himoya qilishga qaratilgan ishonchli me\u2018yoriy-huquqiy asoslar yaratish, xususiy mulkdorlar uchun zarur sharoit va kafolatlar tug\u2018dirib berish bo\u2018yicha ko\u2018p ishlar qilindi.<\/p>\n<p>Shu yillar mobaynida iqtisodiyotimizning turli tarmoqlaridagi davlat mulki hisoblangan \u2013 shunga e\u2018tibor bering \u2013 31 mingdan ziyod korxona xususiy mulkdorlar va aktsiyadorlar ixtiyoriga berildi.<\/p>\n<p>Qishloq xo\u2018jaligi, savdo, xizmat turlarining barchasi va boshqa ko\u2018plab tarmoqlar deyarli to\u2018liq xususiy mulk sohasiga o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Xalq iste\u2018moli tovarlari ishlab chiqarayotgan to\u2018qimachilik, trikotaj, charm-poyabzal, oziq-ovqat, farmatsevtika, mebel\u044c sanoati, uy-joy sektorida davlat mulkining ulushi keskin kamaydi.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda ta\u2018kidlash kerakki, ishlab chiqarish va xizmat ko\u2018rsatishning aynan ana shunday soha va tarmoqlarida o\u2018sish sur\u2018atlari va mehnat unumdorligi boshqa tarmoqlarga qaraganda barqaror ravishda yuqori bo\u2018lib kelmoqda.<\/p>\n<p>Xususiy sektorning ulushi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlari, mobil\u044c aloqa tarmoqlari, qurilish ishlari va boshqa sohalarda ham yuqoridir. Bu esa, o\u2018z navbatida, ko\u2018p narsadan dalolat beradi.<\/p>\n<p>Shundan yana bir xulosa chiqishi darkor. Ya\u2018ni, biz iqtisodiyotimizda davlatning ulushi va o\u2018rni qanday bo\u2018lishini tanqidiy ko\u2018z bilan baholab, uni strategik hamda iqtisodiy asoslangan darajaga qadar qisqartirishimiz lozim.<\/p>\n<p>Bu borada ma\u2018muriy-buyruqbozlik tizimining hamon saqlanib qolayotgan har qanday shakllaridan voz kechib, davlat organlari, biznes va xususiy sektor o\u2018rtasidagi vazifalarni aniq belgilab qo\u2018yishimiz, savdo operatsiyalarini asosan birja orqali amalga oshirish tizimiga o\u2018tishimiz zarur.<\/p>\n<p>Korporativ yoki aktsiyadorlik birlashmalari faoliyati samaradorligini tanqidiy baholash ham g\u2018oyat jiddiy e\u2018tiborni talab qilmoqda. Rivojlangan davlatlarda, ayniqsa, sanoat ishlab chiqarish sohasida, mulkchilikning ana shu shakli asosiy o\u2018rin egallaydi.<\/p>\n<p>Bu boradagi amaliy tajribamiz shuni ko\u2018rsatdiki, O\u2018zbekistonda mahalliy aktsiyadorlar bilan birga chet ellik investorlarning ham aktsiyalarga ega bo\u2018layotgani mulkchilikning eng maqbul va o\u2018zini oqlayotgan shaklidir.<\/p>\n<p>Hozirgi vaqtda yurtimizda 90 dan ortiq mamlakatning xorijiy kapitali ishtirokida tashkil etilgan 4 mingdan ziyod korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.<\/p>\n<p>Bunday samarali loyihalar haqida gapirganda, mashinasozlik sohasida AQShning \u201cJeneral motors\u201d, Germaniyaning \u201cMAN\u201d, \u201cKlaas\u201d, Yaponiyaning \u201cIsuzu\u201d kompaniyalari, neft\u044c-gaz sohasida Janubiy Koreyaning \u201cLotte kemikal\u201d va \u201cKogaz\u201d kompaniyalari, kimyo sanoatida Ispaniyaning \u201cMaksam\u201d kompaniyasi, to\u2018qimachilik sanoatida Singapurning \u201cIndorama\u201d, Janubiy Koreyaning \u201cDeu tekstil\u044c\u201d, \u201cYang von\u201d, Shveytsariyaning \u201cRiter\u201d kompaniyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Xitoyning \u201cXuavey\u201d va \u201cZTE\u201d, oziq-ovqat sanoatida Shveytsariyaning \u201cNestle\u201d kompaniyasi, qurilish materiallari ishlab chiqarishda Germaniyaning \u201cKnauf\u201d, Xitoyning \u201cPeng Sheng\u201d, farmatsevtika sanoatida Shveytsariyaning \u201cNobel\u044c\u201d kompaniyalari va shuningdek, boshqa ko\u2018plab xorijiy investorlar ishtirokida tashkil etilgan qo\u2018shma korxonalar haqida so\u2018z yuritish mumkin.<\/p>\n<p>Dunyoda nom qozongan bunday kompaniyalar bilan olib borayotgan hamkorligimiz qisqa vaqt ichida iqtisodiyotimiz tarmoqlarini tubdan modernizatsiya qilish, mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish va uning turini ko\u2018paytirish, jahon bozorlariga raqobatdosh yangi mahsulotlar bilan chiqish imkonini bermoqda.<\/p>\n<p>\u201cNavoiy\u201d, \u201cAngren\u201d va \u201cJizzax\u201d maxsus iqtisodiy zonalarini tashkil etish hisobidan chet ellik investorlar bilan yo\u2018lga qo\u2018ygan hamkorligimiz o\u2018zining yuksak samarasini ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p>Eng muhimi, O\u2018zbekistonda mahalliy va chet ellik investorlar nafaqat mablag\u2018 sarflab, daromad olmoqda, balki korxonalarni birgalikda boshqarmoqda, xorijlik muassislar qo\u2018shma korxonaga, avvalo, ilg\u2018or texnologiyalarni olib kirmoqda, ishlab chiqarishni zamonaviy asosda tashkil etish va boshqarishni joriy qilmoqda.<\/p>\n<p>Bu boradagi tajriba hamkorlikning aynan mana shu shakli eng ko\u2018p samara berayotgani va eng yaxshi istiqbolga ega ekanini ko\u2018rsatmoqda. Biz bunday korxonalar faoliyatini imkon qadar kengaytirishga tayyormiz.<\/p>\n<p>Yuqorida bayon qilingan fikrlarni umumlashtirgan holda, shuni ta\u2018kidlash kerakki, iqtisodiyot tarmoqlarida davlat ulushining mavjudligi va samaradorligini, boshqacha aytganda, \u201ciqtisodiyotdagi davlat\u201dning rolini keng miqyosda tanqidiy tahlil qilish va shu asosda xususiy sektorning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ishtirokini sezilarli ravishda kengaytirish bo\u2018yicha yangi chora-tadbirlarni belgilash vaqti keldi.<\/p>\n<p>Bunday korxonalardagi davlat ulushini xususiy sektorga, jumladan, yangi investorlarga, ular tomonidan ana shu korxonalar negizida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish majburiyatini qabul qilish sharti bilan nol\u044c qiymatida sotish maqsadga muvofiqdir.<\/p>\n<p>Xulosa qilib aytganda, demokratik va bozor islohotlari yo\u2018lidagi izchil harakatlarimizning mantiqi bizdan doimo ilgarilab borishni talab etayotganini ta\u2018kidlash lozim. Bu borada jahon bozorida keskin raqobat kuchayib borayotgani ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki bunday vaziyat O\u2018zbekistonda xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun ularning yo\u2018lidagi, shuni yana ta\u2018kidlash kerak, har qanday qarshilikni olib tashlashni dolzarb vazifa qilib qo\u2018ymoqda.<\/p>\n<p>Bu vazifalarni amalga oshirish, o\u2018z navbatida, biz mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyatining ishonchli tayanchi va poydevori deb biladigan o\u2018rta sinf \u2013 mulkdorlar sinfini shakllantirish va uning mavqeini mustahkamlash uchun yangi rag\u2018batlantiruvchi omillar va istiqbollarni yaratib beradi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.<\/p>\n<p>Hurmatli yurtdoshlar!<\/p>\n<p>Sog\u2018lom bola yili deb nom olgan joriy 2014 yilimiz ham o\u2018z yakuniga yetmoqda. Barchamiz uchun, butun xalqimiz uchun chuqur amaliy ma\u2018no-mazmunga ega bo\u2018lgan maqsadlarni, sog\u2018lom avlodni tarbiyalashdek ezgu va pok niyatlarimizni o\u2018ziga qamrab olgan ana shu yil munosabati bilan qabul qilgan umummilliy Dasturimizning bajarilishi bo\u2018yicha qisqacha to\u2018xtalib o\u2018tsak, ayni muddao bo\u2018lar edi.<\/p>\n<p>Dastur doirasida sog\u2018lom va barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan amaldagi huquqiy-me\u2018yoriy bazani yanada takomillashtirish bo\u2018yicha 3 ta qonun loyihasi ishlab chiqilganini qayd etish lozim.<\/p>\n<p>Shular qatorida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining \u201c2014-2018 yillarda O\u2018zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o\u2018smirlar sog\u2018lig\u2018ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to\u2018g\u2018risida\u201d qabul qilingan qarori mohiyat e\u2018tibori bilan bolalarimizni jismoniy va ma\u2018naviy jihatdan kamol toptirish va yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga ko\u2018tarishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Sog\u2018lom bola \u2013 avvalo, sog\u2018lom va ahil oilaning mevasidir, degan hayotiy hikmatdan kelib chiqqan holda, yil davomida oilada o\u2018zaro hurmat muhitini, uning iqtisodiy va ma\u2018naviy asoslarini mustahkamlash, yosh oilalarni qo\u2018llab-quvvatlash, onalik va bolalikni himoyalash, opa-singillarimizning og\u2018irini yengil qilish, ularning qobiliyat va imkoniyatlarini ro\u2018yobga chiqarish bo\u2018yicha ham keng ko\u2018lamli ishlar amalga oshirildi.<\/p>\n<p>Sog\u2018lom va mustahkam oilalarni barpo etish sog\u2018lom kelajak poydevori ekanini nazarda tutib, turmush qurayotgan yoshlarning nikohdan oldin tibbiy ko\u2018rikdan to\u2018liq o\u2018tishlarini ta\u2018minlash, shu asosda irsiy va tug\u2018ma kasalliklarning oldini olish bo\u2018yicha sezilarli ishlar qilindi. Jumladan, bo\u2018lajak kelin-kuyovlarni tibbiy ko\u2018rikdan o\u2018tkazadigan poliklinikalar zamonaviy tibbiyot va diagnostika asbob-uskunalari bilan jihozlandi. Eng muhimi, yangi oila qurayotgan 2 mingdan ortiq yoshlarda turli kasalliklar aniqlanib, ular ambulator va statsionar sharoitda davolandi.<\/p>\n<p>\u201cSog\u2018lom ona \u2013 sog\u2018lom bola\u201d loyihasi doirasida jami 13 million 600 mingdan ziyod ayollar va bolalar tibbiy ko\u2018rikdan o\u2018tkazildi. Buning natijasida 2 million 800 ming ayol va 2 million 500 ming bola sog\u2018lomlashtirilgani bu yo\u2018ldagi katta qadam bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Muhim amaliy masalalardan biri \u2013 ayollarimizni tadbirkorlik sohasiga jalb etish va ularni moliyaviy qo\u2018llab-quvvatlash maqsadida kamida 50 foiz ishchi-xizmatchilari xotin-qizlardan iborat bo\u2018lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub\u2018ektlariga tijorat banklari tomonidan 770 milliard so\u2018mlik kreditlar ajratildi.<\/p>\n<p>Aholimiz, avvalo muhtaram opa-singillarimizning talabiga muvofiq, yurtimizda, shu jumladan, chekka qishloqlarda &#8220;Go\u2018zallik salon&#8221;lari, ta\u2018mirlash va tikuv tsexlari, maishiy texnikalarni tuzatish shoxobchalaridan iborat 150 dan ortiq xizmat ko\u2018rsatish kompleksi barpo etilgani turmush madaniyatini oshirishga katta hissa bo\u2018lib qo\u2018shildi.<\/p>\n<p>Bizning e\u2018tiborimiz markazida turgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari orasidan o\u2018z biznesini tashkil qilishga intilayotgan yigit-qizlarga 170 milliard 700 million so\u2018m miqdorida kreditlar ajratib berilgani va ular o\u2018z xususiy ishini ochish imkoniga ega bo\u2018lganining o\u2018zi, hech shubhasiz, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatdan o\u2018ta muhim muammolarni yechishga imkon berdi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, yosh oilalarga uy-joy sotib olish, uni qurish va rekonstruktsiya qilish, uzoq muddat foydalanishga mo\u2018ljallangan tovarlarni xarid qilish uchun qariyb 215 milliard so\u2018mlik imtiyozli ipoteka kreditlari va 57 milliard so\u2018mlik foizsiz qarz mablag\u2018lari ajratildi. Ana shunday tadbirlar qatorida Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan 1 milliard 500 ming so\u2018m qiymatidagi maishiy elektr texnika vositalari kam ta\u2018minlangan oilalarga bepul tarqatilganini qayd etish lozim.<\/p>\n<p>Aziz do\u2018stlar!<\/p>\n<p>Sog\u2018lom bola yili davomida o\u2018ta muhim ahamiyatga ega bo\u2018lgan tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash borasida 137 ta tibbiyot muassasasida, jumladan, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlari ko\u2018p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari, Andijon shahridagi tug\u2018ruq kompleksi, Toshkent shahridagi bolalar sanatoriysi, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bolalar xirurgiyasi bo\u2018limi va boshqa sog\u2018liqni saqlash maskanlarida qariyb 410 milliard so\u2018mlik qurilish, rekonstruktsiya va jihozlash ishlari amalga oshirilganini ta\u2018kidlash zarur.<\/p>\n<p>Shuningdek, xorijiy moliya institutlarining 28 million 500 ming dollarlik kredit va grant mablag\u2018lari hisobidan tuman tibbiyot birlashmalari, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi, onkologiya muassasalari, viloyat shifoxonalari zamonaviy davolash asbob-uskunalari bilan jihozlandi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, yana bir o\u2018ta muhim masalaga e\u2018tiboringizni jalb etmoqchi edim.<\/p>\n<p>Bugungi kunda yurtimizdagi yetakchi klinika va tibbiyot markazlarida eng ilg\u2018or texnologiyalar yordamida noyob operatsiyalar amalga oshirilmoqda. Masalan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida o\u2018tkazilgan murakkab operatsiyalar tufayli 100 nafar bolaning eshitish qobiliyati tiklandi. Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazining kardioxirurgiya majmuasida esa so\u2018nggi ikki yilda 5 ming 200 nafardan ortiq bemor jarrohlik operatsiyalarini bajarmasdan turib davolandi.<\/p>\n<p>O\u2018ylaymanki, mana shu fursatdan foydalanib, katta bilim va malaka talab etadigan ayni shunday o\u2018ta nozik operatsiyalarni amalga oshirayotgan, noyob iste\u2018dodga ega bo\u2018lgan, o\u2018zimizdan chiqqan mohir xirurglarga, boshqa mutaxassislarimizga minnatdorlik bildirishimiz, ularga kerak bo\u2018lgan yordamimizni yanada kuchaytirish, yangi imkoniyatlarni ochib berish uchun hech qanday mablag\u2018larni ayamasligimiz zarur, desam, barchamizning fikrimizni bildirgan bo\u2018lar edim.<\/p>\n<p>Farzandlarimiz o\u2018rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida bu yil milliy emlash kalendariga rotavirus vaktsinasi kiritilib, qariyb 300 ming bola ushbu vaktsina bilan emlandi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda nogiron bolalar tug\u2018ilishining oldini olishdek oliyjanob maqsadni amalga oshirishda respublikamizning barcha hududlarida faoliyat ko\u2018rsatayotgan, nufuzi va samarasi tobora ortib borayotgan skrining markazlarining rolini alohida ta\u2018kidlashni xohlardim.<\/p>\n<p>Bugungi kunda ana shunday o\u2018ta muhim muammoni yechishda bu markazlar katta o\u2018rin tutmoqda. Birgina joriy yilning o\u2018zida ushbu markazlar tomonidan 20 mingdan ortiq nuqsonli bola tug\u2018ilishining oldi olinganini hech narsa bilan o\u2018lchab-qiyoslab bo\u2018lmaydi, desam, o\u2018ylaymanki, sizlar ham bu fikrga qo\u2018shilasiz.<\/p>\n<p>Shu yo\u2018lda amalga oshirayotgan ishlarimiz, sarflangan mablag\u2018, kuch va imkoniyatlarimiz natijasida qanchadan-qancha go\u2018daklarning benuqson dunyoga kelishi, sog\u2018lom va baquvvat bo\u2018lib voyaga yetishi, avvalo, shu bolaning o\u2018zi, ota-onasi va oilasi uchun, butun jamiyatimiz uchun qanday quvonch va baxt keltirishini tasavvur qilishning o\u2018zi qiyin, desak, ayni haqiqatni aytgan bo\u2018lamiz.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, sog\u2018lom bola, sog\u2018lom avlodni kamol toptirishdek ezgu ishga o\u2018zini bag\u2018ishlagan va shu yo\u2018lda fidokorona mehnat qilayotgan barcha tibbiyot xodimlariga samimiy minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p>Ana shunday yuksak maqsadlar yo\u2018lida eng ilg\u2018or, eng zamonaviy asbob-uskuna va texnologiyalar, davolash usullarini yurtimizga olib kelish, bu borada chet davlatlar bilan samarali hamkorlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan ishlarimizni alohida ta\u2018kidlash o\u2018rinlidir.<\/p>\n<p>Toshkent shahrida to\u2018rtinchi, ya\u2018ni eng yuqori darajali ko\u2018p tarmoqli zamonaviy bolalar shifoxonasini qurish va jihozlash bo\u2018yicha O\u2018zbekiston Respublikasi hukumati va Koreya Respublikasi Iqtisodiy hamkorlik jamg\u2018armasi o\u2018rtasida kredit shartnomasi imzolangani buning yaqqol dalilidir. Qariyb 103 million dollar hisobidan barpo etish ko\u2018zda tutilayotgan, har jihatdan noyob ushbu tibbiy markazni, nasib etsa, 2017 yilda ishga tushiramiz.<\/p>\n<p>Qadrli vatandoshlar!<\/p>\n<p>O\u2018tgan davr mobaynida zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimidan, Internetdan keng foydalanish hisobidan ta\u2018lim-tarbiya samarasini kuchaytirish, bolalar, ayniqsa, qiz bolalar o\u2018rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish bo\u2018yicha keng ko\u2018lamdagi ishlarimiz davom ettirildi.<\/p>\n<p>Dunyodagi turli-tuman nufuzli bellashuvlarda Vatanimiz shuhratini tarannum etib kelayotgan yoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda. Misol uchun, bu yil yurtimiz o\u2018quvchilaridan 10 nafari xorijiy mamlakatlarda o\u2018tkazilgan yirik xalqaro musiqa va san\u2018at festivallarida \u201cGran pri\u201d deb ataladigan eng yuqori sovrinni, 60 nafari esa birinchi o\u2018rinni qo\u2018lga kiritgani buning yaqqol tasdig\u2018idir.<\/p>\n<p>Sport sohasini oladigan bo\u2018lsak, futbol bo\u2018yicha O\u2018zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatining chorak finalida g\u2018alaba qozonib, qit\u2018amizdagi to\u2018rtta davlatdan biri sifatida kelgusi yili Yangi Zelandiyada bo\u2018ladigan jahon chempionatiga yo\u2018llanmani qo\u2018lga kiritgani barchamizni albatta quvontiradi.<\/p>\n<p>Xitoy Xalq Respublikasining Nankin shahrida o\u2018tkazilgan o\u2018smirlar o\u2018rtasidagi ikkinchi Olimpiya o\u2018yinlarida 28 nafar yosh sportchimiz 4 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza, jami o\u2018nta medalga erishgani ham yil davomidagi katta sport yutuqlarimiz qatoriga kiradi. Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o\u2018tkazilgan Osiyo o\u2018yinlarida esa yurtimiz farzandlari 9 ta oltin, 14 ta kumush, 21 ta bronza, jami 44 ta medalga sazovor bo\u2018lib, yuksak shohsupaga ko\u2018tarildi.<\/p>\n<p>Bu ro\u2018yxatni yana davom ettirish mumkin.<\/p>\n<p>Bunday yutuqlar zamirida, birinchi navbatda, mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirishga berilayotgan doimiy e\u2018tibor mujassam ekani barchamizga yaxshi ayon.<\/p>\n<p>Dastur doirasida qizlarimizni jismoniy tarbiya va sport bilan shug\u2018ullanishga keng jalb etish maqsadida ularga 6 milliard so\u2018mlik sport kiyimlari to\u2018plami bepul berilgani ana shunday g\u2018amxo\u2018rlikning yana bir amaliy namunasidir.<\/p>\n<p>Shular qatorida maktab o\u2018quvchilari uchun 34 million 500 ming nusxadagi darslik va o\u2018quv-metodik qo\u2018llanmalar yurtimizdagi ta\u2018lim olib boriladigan 7 tilda nashr qilinganini alohida qayd etish lozim.<\/p>\n<p>Hammamizga ma\u2018lumki, mamlakatimizda ilk bor maktab ostonasiga qadam qo\u2018yadigan o\u2018g\u2018il-qizlarimizni darslik va boshqa o\u2018quv qurollari bilan bepul ta\u2018minlash yaxshi an\u2018anaga aylangan. Joriy yilda ham qariyb 587 ming 1-sinf o\u2018quvchisi salkam 28 milliard so\u2018m qiymatidagi darslik va o\u2018quv anjomlari bilan ta\u2018minlandi.<\/p>\n<p>Shuningdek, umumta\u2018lim maktablaridagi chet tili fani, avvalo, ingliz tilini o\u2018rganish uchun mo\u2018ljallangan o\u2018quv xonalari 45 milliard so\u2018mlik zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, texnik vositalar bilan jihozlangani farzandlarimizning bilim va ko\u2018nikmalarini yanada chuqurlashtirishga puxta zamin yaratmoqda.<br \/>\nAziz yurtdoshlar!<\/p>\n<p>Biz uchun eng ustuvor va ulug\u2018vor vazifa bo\u2018lgan barkamol va yetuk, hech kimdan kam bo\u2018lmaydigan yosh avlodni tarbiyalash borasida joylarda nafaqat davlat, balki nodavlat va jamoat tashkilotlari, biznes tuzilmalari ishtirokida katta-katta ijtimoiy ob\u2018ektlar qurilayotganini mamnuniyat bilan e\u2018tirof etamiz.<\/p>\n<p>Avvalambor, \u201cMehribonlik\u201d uylarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning tarbiyalanuvchilariga har tomonlama yordam berish maqsadida amalga oshirgan ishlarimiz, ayniqsa, e\u2018tiborga loyiqdir.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda xalqimiz o\u2018rtasida keng tarqalgan \u201cSavob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kun qilish kerak\u201d degan shiorimizni yana bir bor eslab o\u2018tishni istardim. Chunki, bu dunyoda hech bir narsa izsiz ketmaydi. Yaxshilik qilgan odamga albatta yaxshilik qaytadi. O\u2018ziga qaytmasa, bolalari, nabiralariga qaytadi. Muqaddas kitoblarimizda aytilganidek, yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir.<\/p>\n<p>Albatta, \u201cSog\u2018lom bola yili\u201d Davlat dasturi doirasida amalga oshirgan ishlarimiz haqida yana uzoq gapirish, ko\u2018pgina raqam va misollarni olib kelish mumkin. Lekin ularning barchasini muxtasar qilib ifoda etadigan bo\u2018lsak, ana shu maqsadlar uchun barcha manbalar hisobidan 4 trillion 795 milliard so\u2018m va 260 million AQSh dollaridan ziyod mablag\u2018 sarflanganining o\u2018zi, o\u2018ylaymanki, bu boradagi faoliyatimizning ko\u2018lami va miqyosi naqadar ulkan ekanidan dalolat beradi.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, mana shunday ezgu ishda faol qatnashgan yurtimizdagi davlat va nodavlat tashkilotlarga, xorijiy va xalqaro tuzilmalarga, mana shu zalda o\u2018tirgan chet davlatlarning muhtaram elchilariga, bu savobli ishga hissa qo\u2018shgan, xolis xizmat qilgan barcha-barcha insonlarga o\u2018z nomimdan, xalqimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildirishga ruxsat bergaysiz.<\/p>\n<p>Qadrli do\u2018stlar!<\/p>\n<p>Endi mamlakatimizda yaxshi an\u2018ana va odatga aylanib qolgan tajribamiz asosida kirib kelayotgan yangi \u2013 2015 yilga nom berish haqida siz, azizlar bilan maslahatlashib olsak, ayni muddao bo\u2018lardi.<\/p>\n<p>Barchamizga yaxshi ma\u2018lumki, o\u2018tgan davr mobaynida yurtimizda yillarga qanday nom bermaylik \u2013 bu \u201cOila\u201d yoki \u201cAyollar\u201d yili bo\u2018ladimi, \u201cSog\u2018lom avlod\u201d yoki \u201cSog\u2018lom bola\u201d yili bo\u2018ladimi, \u201cObod mahalla\u201d yoki \u201cObod turmush\u201d yili bo\u2018ladimi \u2013 bularning barchasi, hech shubhasiz, chuqur ma\u2018no va mazmunga ega.<\/p>\n<p>Boshqacha aytganda, bu kabi oliyjanob maqsadlarni ko\u2018zda tutib amalga oshirgan tadbirlarimiz avvalo jamiyatimizni yanada erkinlashtirish, hayotimizni yanada obod va farovon qilish, tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlashda, Vatanimizning obro\u2018-e\u2018tiborini xalqaro maydonda yuksaltirish yo\u2018lida muhim amaliy qadam bo\u2018lganini hech kim inkor etolmaydi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, mana shunday ezgu tadbirlarni o\u2018tkazish tufayli xalqimizni yanada jipslashtirish, mehr-oqibat va hamjihatlikni, oilani yanada mustahkamlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, ayol zotiga, avvalambor, onalarga cheksiz mehr va ehtirom singari qadriyatlar aholimiz, xususan, yoshlarimizning qalbi va shuuridan chuqur o\u2018rin olayotganini hisobga oladigan bo\u2018lsak \u2013 bularning barchasining ahamiyati va mohiyatini baholash o\u2018zi qiyin, deb o\u2018ylayman. Lo\u2018nda qilib aytganda, bizning e\u2018tiborimiz markazida turgan ayni shu xususiyat va fazilatlar, bugungi zamon va hayotimizning o\u2018zi talab qilayotgan o\u2018tkir va dolzarb masalalar kirib kelayotgan yangi yillarga nom berish bo\u2018yicha bizning ro\u2018yxatimizda tursa, hech shubhasiz, xalqimizning xohishi va talabiga javob beradigan ish bo\u2018lar edi.<\/p>\n<p>Ayni shu shartlarni hisobga olgan holda, men kirib kelayotgan 2015 yilga mamlakatimizda Keksalarni e\u2018zozlash yili, deb nom berishni taklif etaman.<\/p>\n<p>Aziz yurtdoshlar!<\/p>\n<p>Har qanday jamiyatning yoshi ulug\u2018 odamlarga bo\u2018lgan e\u2018tibori va g\u2018amxo\u2018rligi uning madaniy darajasini belgilaydi, desak, yanglishmagan bo\u2018lamiz. Soddagina, o\u2018zbekona qilib aytganda, keksalarga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko\u2018rsatish ma\u2018naviy hayotimizning tom ma\u2018noda ajralmas qismiga aylangan.<\/p>\n<p>Bir o\u2018ylab ko\u2018raylik, \u201cQarisi bor uyning parisi bor\u201d, \u201cQariyalar \u2013 xonadonlarimizning fayzi va farishtasi\u201d degan maqol va hikmatli so\u2018zlarimizda qanday chuqur ma\u2018no bor.<\/p>\n<p>Haqiqatan ham, qaysi xonadonda nuroniy otaxon yoki onaxon bo\u2018lsa, bu oilada albatta fayzu baraka, farovonlik, ahillik bo\u2018lishini barchamiz yaxshi bilamiz.<\/p>\n<p>Shu bois bugun turli sohalarda erishayotgan yutuqlarimizda ota-onalarimiz, mo\u2018\u2018tabar qariyalarimizning unutilmas va ulkan xizmati borligini, biz ular oldida umrbod qarzdor ekanimizni unutmasligimiz, qo\u2018limizdan kelganicha ularning og\u2018irini yengil, umrini uzoq qilishni o\u2018zimizning insoniy burchimiz, deb bilishimiz lozim.<\/p>\n<p>Vatanimizning musaffo osmonini asrashda, har qanday ofatlarni ostonamizga yo\u2018latmaslik, ona yurtimizni fashizm balosidan himoya qilishda keksa avlod vakillarining qanday jasorat ko\u2018rsatgani, front ortida mehnat qilib, g\u2018alabaga munosib hissa qo\u2018shgani, mamlakatimizni tiklash, uning ham harbiy, ham iqtisodiy, ham madaniy-ma\u2018naviy salohiyatini oshirishda nuroniy keksalarimiz namoyon etgan fidoyilikni biz hamisha katta minnatdorlik bilan eslaymiz.<\/p>\n<p>Bugun faxriylarimizning hurmatini joyiga qo\u2018yish, har qaysi keksa odamning yuragiga yetib borish, ko\u2018nglini ko\u2018tarish, shu bilan birga, ularning hayotini mazmunli qilish yo\u2018lida olib borayotgan ishlarimizni kuchaytirish, samarasini oshirish zarur.<\/p>\n<p>Xalqimizning qadimiy va shonli tarixini uzviy davom ettirishga, shu tarixning o\u2018chmas sahifalarini, ajdodlarimizning buyuk merosini, qadriyat va urf-odatlarini yoshlarimizga yetkazish, hayotimizni tobora poklash va fayzu barakali qilishda, bir so\u2018z bilan aytganda, uni ma\u2018naviy yuksaltirishda, bugun Yaratganning bizga bergan har bir kunini ma\u2018noli va sermazmun o\u2018tkazishda beqiyos hissa qo\u2018shayotgan ota-bobolarimizga har tomonlama hurmat, e\u2018zoz va ehtirom ko\u2018rsatish barchamiz uchun ham qarz, ham farz, deb o\u2018ylayman.<\/p>\n<p>Bugungi kunda mamlakatimizda 60 yoshdan oshganlar soni 2 million 873 mingdan ko\u2018proq kishini tashkil etadi. Mustaqillik yillarida xalqimizning o\u2018rtacha yoshi 1990 yildagi 67 yoshdan 73,5 yoshga, ayollar o\u2018rtasida esa 75,8 yoshga yetdi.<\/p>\n<p>Ayni paytda yurtimizda 225 ming nafar 80 yoshdan, 44 ming nafar 90 yoshdan, 8 ming 700 nafar \u2013 shunga e\u2018tibor bering \u2013 100 yoshdan oshgan tabarruk qariyalar yashamoqda. Ular orasida 3 ming 109 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 69 ming 994 nafar front ortida mehnat qilgan insonlar borligini alohida ta\u2018kidlash lozim.<\/p>\n<p>Bu nimaning isboti? Bu avvalo, istiqlol davrida xalqimizning turmush darajasi va sifati tobora ortib borayotganidan, yoshi ulug\u2018 odamlarimiz yaxshi niyat, ertangi kunimizga katta umid bilan yashayotganidan, ularning qalbi sofligidan dalolat beradi.<\/p>\n<p>Xonadonlarimiz ko\u2018rki bo\u2018lgan piri badavlat keksalarimizni har tomonlama qadrlash maqsadida mamlakatimizda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shu yilning o\u2018zida ularga davlat byudjeti hisobidan 11 trillion 618 milliard so\u2018mdan ortiq pensiya, 105 milliard so\u2018mdan ziyod nafaqalar to\u2018langani buning amaliy tasdig\u2018idir.<\/p>\n<p>Dunyodagi kamdan-kam davlatlar qatorida bugungi kunda davlatimiz pensiyaga ajratadigan mablag\u2018ning miqdori o\u2018rtacha oylikning 41 foizdan ziyodini tashkil etishi ham shundan dalolat beradi.<\/p>\n<p>Bu borada 2014 yil 13 oktyabrda qabul qilingan \u201c1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Prezident farmoniga asosan ularni ijtimoiy himoyalash, xususan, yilda bir marta o\u2018zlari uchun maqbul muddatlarda sanatoriy-sog\u2018lomlashtirish muassasalarida davlat hisobidan davolanish imkoni yaratilgani sizlarga yaxshi ma\u2018lum, deb o\u2018ylayman.<\/p>\n<p>Ayni vaqtda keksa avlod vakillariga nodavlat tashkilotlar, ijtimoiy tuzilmalar tomonidan ham moddiy va ma\u2018naviy ko\u2018mak berilayotgani va bunday yordamning miqyosi kengayib borayotgani e\u2018tiborga sazovor. Xususan, 2013 yilda \u201cNuroniy\u201d jamg\u2018armasi tomonidan shu maqsadda 610 million so\u2018m, joriy yilning 9 oyida esa 553 million so\u2018mdan ortiq mablag\u2018 yo\u2018naltirilgani, \u201cMahalla\u201d xayriya jamoat fondi tomonidan 2013 yilda 1 milliard 597 million so\u2018mdan ziyod, shu yilning o\u2018tgan 9 oyida esa 1 milliard 614 million so\u2018mlik yordam ko\u2018rsatilgani ham bunga misol bo\u2018la oladi.<\/p>\n<p>Tabiiyki, an\u2018anaga aylanib qolgan tartib bo\u2018yicha, 2015 yilga Keksalarni e\u2018zozlash yili deb nom berishimiz munosabati bilan davlat dasturi qabul qilinadi va bu dasturni amalga oshirish uchun maxsus hukumat komissiyasi tuziladi.<\/p>\n<p>Mazkur dasturni ishlab chiqishda bugungi kunda keksa avlod vakillarining hayotiga daxldor bo\u2018lgan, hali-beri yechilmagan muammolarni hal qilish, bir so\u2018z bilan aytganda, yilga shunday nom berganimiz o\u2018zini amalda oqlashini dasturning asosiy maqsadi sifatida ko\u2018rish kerak.<br \/>\nAziz vatandoshlar!<\/p>\n<p>Barchamizni oq yuvib, oq taragan, ona yurtimizning og\u2018ir yukini, uning quvonch va tashvishini umr bo\u2018yi yelkasida ko\u2018tarib kelgan mo\u2018\u2018tabar bobolarimiz va momolarimizni, ota-onalarimizni rozi qilish, ularning duosini olish \u2013 dunyodagi eng ulug\u2018, eng savobli ish desam, o\u2018ylaymanki, barchangizning fikringizni ifoda etgan bo\u2018laman.<\/p>\n<p>Kirib kelayotgan yangi yilga Keksalarni e\u2018zozlash yili deb nom berib, uni mana shunday pok niyat va harakatlar bilan boshlayotganimiz 2015 yilning tinchlik va osoyishtalik, farovonlik va to\u2018kinlik yili bo\u2018lishiga, uning yanada mazmunli o\u2018tishiga munosib hissa bo\u2018lib qo\u2018shiladi, inshoollo.<\/p>\n<p>So\u2018zimni yakunlar ekanman, barchangizga, mana shu go\u2018zal zalda to\u2018plangan siz, azizlarimga, sizlar orqali butun el-yurtimizga qarata aytmoqchiman: asrlar sinovidan o\u2018tgan mana shunday o\u2018lmas qadriyatlarga tayanib, o\u2018z kuchi va qudratiga ishonib-inonib yashayotgan xalqimizni o\u2018z tanlagan yo\u2018lidan hech kim, hech qachon qaytara olmaydi. Biz o\u2018z maqsadlarimizga albatta erishamiz va ko\u2018zlagan marralarimizga albatta yetamiz.<\/p>\n<p>Aziz va qadrli vatandoshlarim!<\/p>\n<p>Sizlarni Konstitutsiyamizning 22 yillik bayrami bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.<br \/>\n<script><\/script><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Islom Karimovning O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligiga bag\u2018ishlangan tantanali marosimdagi ma\u2018ruzasi Qadrli do\u2018stlar! Muhtaram yurtdoshlar! Shu kunlarda Vatanimiz uchun mustaqil, erkin hayot kechirish, uni taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga ko\u2018tarish yo\u2018lining asosiy printsip va qoidalarini muhrlab bergan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":128,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","template":"","meta":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/urganchsharob.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/657"}],"collection":[{"href":"https:\/\/urganchsharob.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/urganchsharob.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/urganchsharob.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/urganchsharob.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=657"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/urganchsharob.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/657\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1609,"href":"https:\/\/urganchsharob.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/657\/revisions\/1609"}],"up":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/urganchsharob.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/128"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/urganchsharob.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=657"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}