Archive for January, 2015

2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturi

2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir
Hurmatli majlis ishtirokchilari!
Vazirlar Mahkamasining bugungi kengaytirilgan majlisi kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masala – bu O‘zbekistonning o‘tgan 2014-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlarini muhokama etish va mamlakatimizning 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini tasdiqlab olishdan iborat.
O‘tgan yil yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, birinchi navbatda, iqtisodiyotimiz va uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirish borasida barqaror yuqori o‘sish sur’atlariga erishganimizni ta’kidlash joiz.

Read more »

PRODEXPO-2015

Joriy yilning 9-13 fevralida Rossiyaning Moskva shaxrida 22-chi xalqaro PRODEXPO-2015 ozik-ovqat, ichimliklar va xom-ashyo ko’rgazmasi o’tkaziladi. Ushbu ko’rgazmada keng qarmovli qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan korxonalar qatnashadilar.
Uzumchilik va vinochilik soxasiga oid eng yangi texnologiyalar va xizmatlar bilan tanishish va yangi eksport imkoniyatlarini izlab topish maqsadida «Uzvinsanoat-xolding» xolding tarkibidagi korxonalar vakillari xam qatnashadilar.

Сайт был разработан ХВКМ.